Nizomga ko‘ra, ishonchli boshqaruvchi o‘zi boshqaradigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishi shart.
Ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari miqdori ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapital, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar, shuningdek kelgusi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari asosida belgilanishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatini baholash ishonchli boshqaruvchilar tomonidan har chorakda amalga oshirilishi belgilandi. Baholash natijalari ishonchli boshqaruvchining o‘z mablag‘lari va investitsiya aktivlarining o‘rtacha yillik qiymati to‘g‘risidagi hisobotida aks ettiriladi.










