O‘zbekiston | 09:23 / 28.04.2026
4189
2 daqiqa o‘qiladi

«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xorazmga safari davomida Urganch shahridagi infrastruktura obektlarida bo‘lib, mavjud muammolarni o‘rgandi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Bugun ko‘tarilgan barcha masalalar eng qisqa muddatlarda hal etilishi shart. Viloyat hamda tumanlar rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan yakuniy yig‘ilishda hududdagi vaziyat muhokama qilinar ekan, bunga alohida urg‘u berildi.

Muammolarni ochiq-oydin gapirish, birgalikda tahlil qilish va ustuvor tartibda hal etish muhimdir, degan Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uchun, «Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi shaharning 1,78 mln aholiga xizmat ko‘rsatadi.

Stansiyada 4 nafar xodim faoliyat yuritadi. Nasos stansiyasi 1970 yilda qurilgan bo‘lib, hozirga qadar bir necha bor ta’mirlangan. Obektda jami 4 ta nasos (shundan biri zaxira) mavjud. 

Nasos stansiyasini yangilash uchun taxminan 35 milliard so‘m mablag‘ talab etiladi. Qo‘shimcha ravishda, 21 kilometr suv tarmog‘ini (truba) qurish ishlari uchun yana 140 milliard so‘m sarflanishi mumkin.

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid