Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkentdagi teatrlar faoliyati bilan tanişdi.

“Toşkent teatrlarida hayot har doim qizğin qaynagan. Ammo, şu bilan birga, aksariyat poytaxt teatrlarining moddiy-texnik bazasi davlat kömagiga öta muhtoj.

Poytaxtdagi uçta teatrni közdan keçirdik. Muqimiy nomidagi akademik teatr, Yoşlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari ançadan buyon jiddiy ta’mirtalab holatda.

Biz hamma şaroitni yaratsakkina, repertuarlar yangilanib turadi, tomoşabin könglidan joy oladigan, dolzarb mavzulardagi spektakllar sahnalaştiriladi”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Uning qayd etişiça, nodir qölyozmalarni raqamlaştirib, kitobxonlarga taqdim etayotgan Alişer Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Moliyalaştiriş masalalarini hal qiliş uçun mas’ul şaxslar tayinlangan. Vaziyatni şaxsan özim nazoratga oldim”, – dedi Administratsiya rahbari.