Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24 aprel kuni Samarqanddagi bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi, "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishini ko‘zdan kechirdi.
“Musiqa maktabi kabi yangilanish va ta’mirga muhtoj obektlarni ham, Geologlar mahallasidagi bolalar bog‘chasi singari kapital ta’mirlanibgina qolmay, balki tubdan qayta qurilishi zarur bo‘lgan joylarni ham ko‘rdik.
Rekonstruksiyadan keyin bu bog‘cha Samarqanddagi eng katta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ladi, 600 nafargacha bolani qabul qiladi”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.


Tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
“Biz guvohi bo‘lgan va navbatini kutayotgan barcha o‘zgarishlar – hududlarni rivojlantirish bo‘yicha prezidentimiz olib borayotgan yirik tizimli faoliyatning bir qismidir.
Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman”, – dedi Administratsiya rahbari.













