O‘zbekiston | 09:00 / 09.09.2021
23892
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

A.Avloniy ilmiy-tadqiqot instituti salohiyatli kadrlarni yuqori maoshli ishga taklif etadi

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti Xalq ta'limi tizimida Aniq va tabiiy fan o‘qituvchilariga sertifikat berishning milliy tizimini yaratish va pedagoglarni birinchi, oliy malaka toifasini olishga tayyorlash doirasida malakali mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklif etadi!

Ishga taklif etiladigan fan mutaxassislari:

  • Matematika
  • Fizika 
  • Kimyo
  • Biologiya

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy ma'lumot, ta'lim sohasida yuqori malaka hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish (Xalq ta'limi tizimida faoliyat yuritayotgan oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar ustunlikka ega);  
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan erkin foydalana olish;
  • Xalqaro baholash mezonlaridan xabardor bo‘lish (PISA, TIMSS xalqaro baholash turlari).

Nomzodning shaxsiy sifatlari:

  • Muddatlarga rioya qilish, mas'uliyat va javobgarlik;
  • Yangiliklarni qabul qilishga ochiqlik, kreativ fikrlash.

Nomzodning asosiy vazifalari:

  • Fan doirasida 72 soatlik o‘quv reja va o‘quv dasturlar ishlab chiqish;
  • O‘quv dasturlar asosida o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash kurslari kontentini yaratish (video va audio materiallar, keyslar, taqdimotlar, mavzular bo‘yicha nazorat savollari, qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar).

ESLATMA: Oylik maosh shartnomaga asosan.

Ishlash istagidagilar rezyume (CV) (telefon raqami ko‘rsatilgan holda), pasport nusxasi va yutuqlari bo‘lsa hujjatlardan nusxalarini 2021 yilning 16 sentyabriga qadar [email protected] (yoki quyidagi Telegram orqali t.me/avloniyqualification) manziliga yuborishlari so‘raladi.

Telefon: +998908140991

A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Telegram: t.me/avloniyuz

Facebook: fb.com/avloniy.uz

YouTube: youtube.com/channel/UCf6MGrax28HsY9DCBo3eeTA

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid