Endi xalq ta'limi tizimi xodimlari masofadan turib malaka oşirişlari mumkin. Buning uçun ularda telefon yoki kompyuter va internet bölişining özi kifoya qiladi.
Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan xalq ta'limi xodimlarining malakasini oşirişda “Uzluksiz kasbiy ta'lim” elektron platformasi yölga qöyildi. Institut mutasaddilari platformaning işlaş tartibi, yaratilgan qulayliklar haqida gapirib berişdi.
Pedagog qanday qilib özi xohlagan şaroitda malaka oşirişi mumkin?
Xalq ta'limi tizimi xodimlari işdan ajralmagan holda, istagan paytda va istagan joydan turib kasbiy malakalarini oşirişlari mumkin. Buning uçun planşet, telefon, kompyuter qurilmalaridan biri va internet bölsa bas. 12 oy davomida kerakli kreditlar töplangaç ularga sertifikatlar beriladi.
Platformaga onlinedu.uz manzili orqali kirib röyxatdan ötiladi. Hozirgi kunda platformada maktab direktorlari, tuman (şahar) xalq ta'limi bölimlari fan metodistlari va öqituvçilar uçun malaka oşiriş kurslari joriy qilingan.
Röyxatdan ötib öz şaxsiy kabinetiga ega bölgan xodim diagnostikadan ötkaziladi, ya'ni uning könikmalarida qay darajada böşliqlar mavjudligi aniqlanadi va platforma unga şu böşliqlarni töldiriş uçun kurslar taqdim etadi.
Onlayn malaka oşiriş kursi qanday böladi?
Ular eng kami 15 daqiqadan iborat videodarslar bölib dars yakunida mavzu yuzasidan taqdimot va test topşiriqlari beriladi. Xodim şu mavzuni töliq özlaştirib, savollarga töğri javob bersagina keyingi darsga ötişi mumkin böladi. Unga qayta tayyorlaniş uçun istagança qayta imkoniyat beriladi, har bir imkoniyat vaqti 40 daqiqadan oşmaydi.
Tinglovçi barça darslarni örganib özlaştirib bölgaç, diagnostikada aniqlangan 8ta kompetensiya böyiça undagi olingan könikmalar soliştiriladi. Natijalarga qarab tinglovçiga qöşimça kurslar ham taklif etiladi. Malaka oşiriş kursidagi darslarni tugatgaç tinglovçiga olgan bilimiga qarab kreditlar beriladi. Ilmiy-tadqiqot instituti rektori örinbosari Farhod Karimov platformaning e'tiborga molik jihatlari xususida sözlab berdi:
“Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi PQ-4963-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi böyiça xalq ta'limi tizimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanişi uçun şaroit yaratiş maqsadida institut tomonidan “Uzluksiz kasbiy ta'lim” maxsus elektron platformasi yaratildi. Ruxsat bersangiz mazkur platformaning imkoniyatlariga töxtalib ötsam, zero bu ma'lumotlar barça xodimlar uçun kerakli hisoblanadi:











