Xalq ta'limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantiriş yuzasidan xorijiy ta'lim ekspertlari hamda institutning xalqaro hamkorlari bilan fikr almaşiş, xorij tajribasini örganiş va hamkorlikni amalga oşiriş maqsadida ötkazilgan konferensiyada xorijiy ekspertlardan UNICEF ta'lim seksiyasi boşliği Dipa Şankar, AQŞning Şimoliy Jorjiya instituti professor öqituvçisi Karls Vomak Vinn, «Delivery Associates» xalqaro ta'lim taşkiloti yetakçisi Jon Talli, Özbekiston Barkamollik uçun Ta'lim dasturi direktori Valeriya Haygenlar iştirok etişdi.

Respublikada ta'lim sohasini qayta isloh qiliş maqsadida taşlangan ilk qadamlardan biri Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş borasida sohadagi rahbar va pedagog-xodimlarni «hayot davomida öqiş» tamoyili asosida uzluksiz malaka oşiriş tizimiga transformatsiya qiliş vazifasi qöyildi.

Joriy yilgaça amaldagi tartibga köra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar va mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oşirib kelişgan. Öqituvçining 5 yilda 1 oy, ya'ni 144 soatlik öquv dasturi asosida malaka oşirişi va qolgan 4 yil-u 11 oy heç qanday öquvga jalb qilinmasligi ularning öz ustida işlamasligi, katta hajmdagi ta'limiy axborotlardan bexabar qolişga sabab böladi.

Şu kamçiliklarga barham beriş maqsadida joriy yildan tuman xalq ta'limi bölimlari fan metodistlarining Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining «Uzluksiz kasbiy ta'lim» elektron platformasi orqali malaka oşirişi yölga qöyildi. Tadbirda mazkur platformada amalga oşirilgan işlar natijasi tahlil qilindi.

Özbekiston Barkamollik uçun Ta'lim dasturi direktori Valeriya Haygen Xalq ta'limi vazirligi hamda Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda qilinayotgan işlar haqida gapirdi:

«Bizning dasturimiz öquv dasturlarini işlab çiqiş böyiça öqituvçilarning malakasini oşirişga va öquv dasturlari uçun raqamli platformani işlab çiqişga qaratilgan. Bugungi konferensiya öqituvçilarning doimiy kasbiy rivojlanişiga yönaltirilgan bölib, nafaqat çet ellik iştirokçilar, balki xalqaro taşkilotlardan iştirokçilarni hamda mahalliy mutaxassis iştirokçilarni birlaştiradi.

Maktab direktorlari, öqituvçilar va ta'lim metodistlari uçun malaka oşiriş böyiça hozirgi tadqiqotlar, albatta, öz samarasini beradi. Biz Avloniy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda işlab çiqqan öquv platformasi, dasturlar va materiallar hozirda maktab direktorlari malakasini oşirişda tatbiq qilinmoqda».