Har bir sohada mutaxassislar muntazam va zamonaviy tarzda öz malakasini oşirib bormasa, rivojlaniş va özgariş örniga tizim orqaga keta boşlaydi. Xalq ta’limi tizimi xodimlari malakasini oşirişda közga taşlangan şunday holat sabab 2020 yil 1 oktabr arafasida bölib ötgan yiğilişda davlat rahbari tomonidan tizimdagi qator muammolar tanqid ostiga olingan edi.

Oradan köp ötmay Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi xodimlari malakasini oşiriş instituti faoliyatini tubdan özgartiriş boşlandi. Institut qayta taşkil etildi va respublikaning 14 ta hududi uçun metodologik muvofiqlaştiruvçi etib belgilandi. Bunga qadar faqat rahbar va mutaxassis xodimlar malaka oşiradigan institut endi respublikadagi barça pedagoglar uçun xizmat körsatişni boşladi. Xöş, ötgan bir yil içida muassasada nimalar özgardi?

Yil davomida 22ta taşkilot bilan hamkorlik örnatildi. Şundan 20tasi xalqaro taşkilot va 2tasi mahalliy taşkilotdir. UNICEF, UNESCO, USAID, Janubiy Koreyaning KEDI, KECI, KAIST institutlari, Malayziyaning Aminuddin Baki nomidagi malaka oşiriş instituti, AQŞning Georgia, Pitsburg universitetlari, Rossiyaning RAO, RISI taşkilotlari, Yaponiya JICA taşkilotlari bilan hamkorlik loyihalari amalga oşirilmoqda.

Qöyilgan eng katta qadamlardan biri – avval 3 yoki 5 yilda bir marta malaka oşiriş uçun bir oy davomida uyidan, işidan uzilib öqiş amaliyotiga çek qöyildi. Örniga har yili istalgan vaqt va istalgan joyda turib onlayn tarzda malaka oşiriş amaliyoti – “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi işga tuşirildi. Bu bilan öz örnida pedagoglarning ötgan 5 yil mobaynidagi yangiliklardan bexabar qolişi, öqiş jarayonidagi korrupsiya holatlariga yöl qöyilişi kabilarga barham berildi. Platformaga malaka oşiriş kontentini yaratişda ilk bor xorijiy va mahalliy xususiy sektor vakillari jalb etildi. 4 520 daqiqalik 291ta videokurs yaratildi. Platforma orqali yil oxirigaça 147 139 nafar tizim xodimlari (fan metodistlari va maktab direktorlari, kimyo, biologiya, boşlanğiç fan öqituvçi) malakasi oşirildi.

2022 yilda Özbekiston ilk marta iştirok etadigan Xalqaro baholaş dasturlariga tayyorgarlik körişda uşbu institut jamoasi tinimsiz mehnat qilmoqda. Institut tomonidan tayyorlaniş mexanizmlarini yaratiş böyiça “STesting” loyihasi işlab çiqilib, 1 710 000 nafar 4, 8 va 9 sinf öquvçilari uçun PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholaş dasturlariga tayyorgarlik böyiça Stesting.uz trenajyor platformasi işga tuşirildi. Platformaga 1000tadan ortiq testlar joylaştirildi. Öqituvçilarning şu yönalişda malakasini oşiriş uçun 103ta videokurs işlab çiqildi.