O‘zbekiston | 18:40 / 07.06.2017
29875
2 daqiqa o‘qiladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda 6 ta huquqbuzarlik bo‘yicha sanksiyalar oshiriladi

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar loyihalari Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tuzatishlar quyidagi huquqbuzarliklar uchun jarima to‘lovlarini oshirishni nazarda tutadi:

•  tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish (MJtK 60-modda);

•  yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish (MJtK 70-modda);

•  suv zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarini buzish (MJtK 72-modda);

•  suvdan foydalanish va suv iste'moli qoidalarini buzish (MJtK 74-modda);

•  suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish (MJtK 75-modda).

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi MJtKning 212-moddasiga aniqlik kiritishni taklif etmoqda. Javobgarlikka tortish texnik reglament yoki standartlarni buzganlik uchun qo‘llanilishiga aniqlik kiritilmoqda.

Bundan tashqari, sertifikatlash qoidalarini buzganlik uchun sanksiyani keskinlashtirish va jarima miqdorini EKIHning 10 dan 50 barobarigacha bo‘lgan cheragada o‘rnatish taklif etilgan (hozirda – EKIHning 2 dan 3 barobarigacha). Shuningdek, mazkur huquqbuzarlik sub'yektlari ro‘yxati ham kengaytirilmoqda. Uni sotuvchilar, sertifikatlash organlari va tajriba laboratoriyalari bilan to‘ldirish taklifi kiritildi. Hozirgi vaqtda MJtKning 214-moddasi bo‘yicha javobgarlikka faqat tayyorlovchilar (tadbirkorlar) tortilmoqda.

Loyihalar muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin. 

Mavzuga oid