Toşkent şahrida içki işlar xodimini urib, buning ortidan podpolkovnik akasining işdan ketişiga sababçi bölgan ukaning puşaymonligi aks etgan video e’lon qilindi.

Toşkent şahri IIBB tomonidan tayyorlangan reportajda mazkur voqea yuzasidan batafsil ma’lumot berilgan.

Yaşnobod tumani IIO FMB PPX xodimi, haydovçi hujumiga uçragan Sardorbek Hamroyevning aytişiça, ular murojaat böyiça Musavvir köçasiga yetib borganida fuqaro spirtli içimlik iste’mol qilgani va içki işlar xodimining qonuniy talabiga böysunmayotgani, ularni har xil sözlar bilan haqorat qilayotganiga guvoh bölgan. Şundan söng ular fuqaroni tinçlantirişga uringan.

«U jağimga muşt urib qoldi. Şundan söng özimga biriktirilgan maxsus vosita, ya’ni şoker yordamida fuqaroni zararsizlantirib, içki işlar bölimiga olib bordik», – deydi u.

Haydovçi, 36 yoşli Bobur Pardayev esa özining harakati sababli akasining obrösiga putur yetganidan afsusdaligini bildirgan.

«Spirtli içimlik iste’mol qilganim sababli gap talaşdik. Keyin şu post-patrul xizmatlari xodimlari yetib kelib, özaro janjallaşib qoldik. Şundan söng kayfda qöl kötarib yubordim. Qilgan işimdan mingdan ming afsusdaman, keçirişlaringizni sörayman. Barçadan uzr sörayman… Transport hodisasi sodir qilib qöyganimda, meni deb boşqalar jabr körişi mumkin edi. Akamning ham şunça yil işlab, yiğgan obrösiga putur yetkazib qöydim. Hammasiga öşa spirtli içimlik sababçi ekan. Bu hol boşqa qaytarilmaydi. Qilgan işimdan puşaymonman», – degan Pardayev.

«Tirsak» voqeasi

30 mart kuni tungi vaqtda Yaşnobod tumanida Malibu va Leapmotor rusumli avtomobillar iştirokida YTH sodir bölib, haydovçilar örtasida tortişuv yuzaga kelgan. Söngra Leapmotor haydovçisi 102 raqamiga qönğiroq qilib, davlat raqam belgisiga ega bölmagan Malibu haydovçisi avariya sodir etib, unga nisbatan qöpollik qilayotgani haqida xabar bergan.

Qoidabuzar haydovçi svetoforning qizil çiroğiga böysunmay harakatlanib, YTH sodir etgani ma’lum bölgan. U çaqiruv böyiça yetib kelgan PPX xodimlariga qarşilik körsatgan va hatto ulardan biriga muşt tuşirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda haydovçi içki işlar xodimiga tirsagi bilan zarba berganini va uning akasi ekani aytilgan erkak vaziyatga aralaşişga uringanini köriş mumkin.

Unga IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmagani uçun jinoyat işi qözğatilgan.

Köp ötmay uning akasi, Sirdaryo IIB rahbar xodimi, podpolkovnik Şerzod Pardayev uşbu voqeaga aralaşmoqçi bölgani uçun vazirlik buyruği bilan lavozimidan ozod qilingan.