Jamiyat | 22:36 / 20.10.2025
46597
2 daqiqa o‘qiladi

Manzil koloniyadan qochgan pedofil 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilmoqda

Ta’kidlanishicha, shaxs shu kunning o‘zida huquqni muhofazasi qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi 50-son manzil koloniyasidan qochgan 31 yoshli mahkum 3-sinfda ta’lim oladigan qizni zo‘rlagani, mahalliy aholi uni dalada ushlab olgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Toshkent viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati tomonidan tarqatilgan xabarnomada aytilishicha, u 16 oktabr kuni «P.B.» korxonasiga foydali mehnatga jalb qilinganida «noma’lum tomonga ketib qolgan».

Xabarnomada uning 2018 yilda Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan qamalgani, jazo muddati 2033 yilgacha ekani, sud ajrimiga ko‘ra, 2024 yil avgustda jazoning o‘talmagan 9 yil 2 oy 19 kunini o‘tash uchun manzil koloniyaga o‘tkazilgani haqida ma’lumot berilgan.

Ichki ishlar Bosh boshqarmasi boshlig‘ining matbuot kotibi bergan ma’lumotga ko‘ra, ushbu shaxsga nisbatan voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qilish holati bo‘yicha Jinoyat kodeksining 119 moddasi 4-qismi (Jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, shaxs shu kunning o‘zida huquqni muhofazasi qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda 3-sinf o‘quvchisining ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.

Mavzuga oid