Hodisa 13 aprel kuni Ohangaron tumani hududidagi toğlarda sodir bölgan. Olti nafardan iborat oila dam oliş maqsadida toğga çiqqan bölib, ular tarkibida 4 yoşli bola ham bölgan.

Ma’lum qilinişiça, sayr vaqtida soat taxminan 17:00 larda oila a’zolari toğ çöqqisidagi qorlarni köriş uçun yuqoriga kötarilgan. Şu yerda kattalar bolani unutib qoldirib, pastga tuşib ketgan. Bolaning yöqligi taxminan 40 daqiqadan söng aniqlangan.

Şundan söng bolaning yaqinlari zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatçilik qismiga xabar bergan. Qidiruv işlariga Toşkent viloyati FVBB qidiruv-qutqaruv guruhlari hamda «Qamçiq» maxsus qutqaruv boşqarmasi xodimlari jalb etilgan.

Qidiruv-qutqaruv işlari 6,5 soatdan ortiq davom etgan. Natijada, 14 aprel kuni tungi soat 00:20 da 4 yoşli bola Olmaliq maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvçilari tomonidan tirik holda topilgan.

Qutqaruvçilarning ma’lum qilişiça, bola ota-onasi uni unutib qoldirgan joydan taxminan 3 kilometr uzoqlikdan, tizzasigaça qor içida jim holda turgan holda aniqlangan.

Bola yaqinlariga soğ-salomat topşirilgan. Hozirda u uyida bölib, ahvoli yaxşi.