Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda pora bilan ushlangan bosh mutaxassis qochmoqchi bo‘ldi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi tezkor tadbirda 1 500 dollar bilan ushlandi. U qo‘lga olish jarayonida qochishga uringan. Biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
Toshkent shahrida korrupsion holat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MChJ rahbaridan 1 500 dollar olganda ushlangan.
Vazirlik bosh mutaxassisi qo‘lga olish jarayonida qochishga uringan. Biroq tezkor xodimlar tomonidan ushlab qolingan.
Aniqlanishicha, u Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat ko‘rsatishni bir MChJdan ikkinchi MChJga o‘tkazish haqidagi uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni “Mening uyim” platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa 2 200 dollar so‘ragan. U bu ishlarni o‘zining mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni rejalashtirgan.
Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
16:01 / 02.06.2026
Huquq organlari xodimlari pora olishni rad etgani uchun mukofotlanishi to‘g‘ri emas - Aksilkorrupsiya agentligi
23:10 / 30.05.2026