Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qariyb 18 mln so‘mlik “paqildoq” paqillamaydigan bo‘ldi
Foto: Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati
Navoiy shahrida 35 400 dona pirotexnika vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Kun.uz'ga viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, Navoiy shahrida boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida shaharning L.Tolstoy ko‘chasida fuqaro X.M. 35 400 dona pirotexnika vositasini noqonuniy sotayotganda to‘xtatib qolingan. Qiymati taxminan 17,7 mln so‘m bo‘lgan 28,4 kg, 35 400 dona “Treniya” va “Britanik” pirotexnika vositasi daliliy ashyo sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatida ham 14,4 million so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatib qolingandi.
Mavzuga oid
19:43
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
12:57 / 05.01.2026
Navoiyda avtobus YTHga uchradi. 2 kishi halok bo‘ldi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025