Toşkent şahar Yangihayot tumanida pirotexnika vositasi sabab bir kişi oğir tan jarohati oldi.

Toşkent şahri IIBB videosiga köra, 24 yoşli yigit öz uyida pirotexnika vositasidan foydalaniş oqibatida oğir tan jarohati bilan şifoxonaga olib kelingan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, pirotexnika vositasi kutilmaganda işga tuşgan, oqibatda bolaning qöl va yuz sohalarida jarohatlar yuzaga kelgan.

«Çap bilak suyaklari oçiq, maydalanib sinib, qon tomir va nervlari jarohatlanişi, kaft sohasi ezilib, yirtilgan jarohati. Öng qöl bilak va kaft sohalari, yuz sohalari kuygan jarohatlari belgilari bor edi.

Bemor oğir şok holatida olib kelingan. Töliq tekşiruvlar ötkazilgandan keyin, jarrohlik amaliyotiga olingan.

Jarrohlik amaliyotida çap qöl kafti, tomirlari töliq uzilişi, nervlari uzilişi va suyaklari maydalanib singani, yumşoq töqimalarning holatini hisobga olib, bemorning qöl kafti olib taşlangan», deya ma’lumot bergan RŞTTYoIM travmatologi Anvar Ismoilov.

Hozirda bemorning ahvoli nisbatan qoniqarli, kuyiş jarohatlariga davolovçi muolajalar olib borilmoqda.

Qayd etilişiça, har yili dekabr–yanvar oylarida pirotexnika vositalari bilan boğliq jarohatlar köpayadi. Bunday holatlarda kuyişlar, suyak sinişlari, qöl, yuz va köz sohalarining oğir jarohatlanişi, qaytarib bölmaydigan asoratlar tez-tez kuzatiladi.