Navoiyda yölovçi avtobus YTHga uçradi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, YTH bugun tongda viloyatning çöl hududida sodir bölgan. “Zarafşon–Navoiy” yönalişida harakatlanib ketayotgan avtobus haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöldan çiqib ketib, ağdarilgan.
“Hamma jim ketayotgandi, birdan avtobus ağdarilib, dumalab ketdi. Nima bölganini sezmay ham qoldik. Avtobus bosib qolgan 2 kişi şu joyning özida vafot etdi, jarohatlanganlar ham talaygina”, deydi avtobusda bölgan yölovçilardan biri Kun.uz jurnalisti bilan suhbatda.
Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilişiça, YTH 5 yanvar kuni soat taxminan 7:40 larda Tomdi tumanining Tomdibuloq ovuli hududidan ötgan A-379 “Navoiy–Uçquduq” yölining 167-168 kilometri oraliğida sodir bölgan. 47 nafar yölovçisi bölgan avtobusni 40 yoşli Ş.X. “Zarafşon–Navoiy” yönalişi böylab boşqarib borayotib, boşqaruvni yöqotgan.
“Hozirda vaziyatni töliq örganiş, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam körsatiş hamda oğir oqibatlarga olib kelgan şart-şaroitlarga huquqiy baho beriş maqsadida Navoiy viloyati IIB tomonidan voqea tafsilotlari örganilmoqda”, deyiladi IIB rasmiy axborotida.
Avvalroq Sirdaryo va Jizzaxda YHX patrul avtomobillari piyodalarni urib yuborgani xabar qilingandi.

















