Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada tuyaqush parvarishlanmoqda
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “STRAUS FARM” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasida mahalliy sharoitda tuyaqush boqish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni kunlarda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.
O‘tgan yili tashkil etilgan mazkur korxonaga 306 ming dollar evaziga xorijdan 200 bosh Afrika tuyaqushi keltirilib, zamonaviy inkubatorlar tashkil etilgan va tuyaqush jo‘jalarini ochirish yo‘lga qo‘yilgan edi. 16 gektarga yaqin yer ajratilib, tuyaqush boqish uchun kerakli maydon va o‘tloqlar barpo etildi.
Ayni paytda bu yerda 120-150 kilogramm vaznga ega va yiliga 80-100 donadan jo‘ja ochadigan tuyaqushlar parvarishlanmoqda. Bahor oylaridan tuyaqush jo‘jalarini ochirish boshlanadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, tuyaqush 4 yilda reproduktiv yoshga yetadi va parrandachilikda bunday qushlar “Brider” deb yuritiladi. Ularning o‘rtacha tuxum qo‘yish yoshi 10-15 yil, zotdor tuyaqushlar 40 yil davomida tuxum qo‘yaveradi. Bitta tuyaqush 10-12 yil davomida qo‘ygan tuxumdan chiqqan jo‘ja go‘shti o‘rtacha 72 tonnaga yetishi mumkin. Tuyaqush boqishni yo‘lga qo‘yish oilalar uchun ham qulay va daromadli bizneslardan biridir.
Mavzuga oid
09:04 / 23.08.2025
Kanadada 400 bosh tuyaqush otib o‘ldiriladi
11:27 / 20.08.2024
Rishtonda Xitoy tajribasi asosida chinni buyumlar ishlab chiqarish rivojlantiriladi
07:09 / 25.06.2022
Farg‘onada Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tuvchi yerosti yo‘li aniqlandi
08:09 / 08.12.2021