Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tuvchi yerosti yo‘li aniqlandi
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘li aniqlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
Joriy yilning 23 iyun kuni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Rishton tumanida yashovchi fuqaro T.M. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.
Avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, taxminiy qiymati 15 mlrd so‘mlik 2707 dona mobil telefonlar (IPhone 13 Pro Max, Samsung Galaxy S 22 ultra, RedMe Note 11 pro va h.k.) borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro T.M. yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, Qirg‘iziston Botken viloyati Qadamjoy rayoni hududiga olib o‘tuvchi, eni 1-1,5 metr, balandligi 2 metr, uzunligi taxminan 130 metr bo‘lgan yerosti yo‘li mavjudligi aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ushbu yerosti yo‘li Qirg‘izistondan tovar-moddiy boyliklar olib o‘tishga mo‘ljallangan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:07 / 16.07.2026
Qamchibek Tashiyev 2027 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishdan voz kechdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026