Prezidentning “Farğona viloyati Rişton tumanida hunarmandçilikni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, “Hunarmand” uyuşmasi va Farğona viloyati hokimliklarining Rişton tumani “Töda” MMTP hududidagi 0,85 gektar suğoriladigan ekin yer maydonida hamda “Oq yer” MFY hududida joylaşgan Rişton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining 0,50 gektar qişloq xöjaligiga möljallanmagan böş turgan yer maydonlarida Kulolçilik markazini taşkil etiş töğrisidagi taklifi ma'qullanadi.

Farğona viloyati hokimligi, Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qişloq xöjaligi vazirligi bilan birgalikda:

  • Farğona viloyati Rişton tumani Farğona-Qöqon avtomagistral yöl yoqasida joylaşgan “Töda” MMTP hududi tuproq xaritasining 395k-konturidagi 0,85 gektar suğoriladigan ekin yerini yer fondining qişloq xöjaligida foydalanilmaydigan yerlar toifasiga ötkazilişini va Özbekiston yer fondiga tegişli özgartirişlar kiritilişini;
  • qişloq xöjaligidan boşqa maqsadlarda foydalaniş uçun olib qöyiladigan suğoriladigan yerlar uçun kompensatsiya tölovi (qişloq xöjaligi işlab çiqarişi nobudgarçiliklari) tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qoplanişini;
  • Rişton tumani “Töda” MMTP hududidagi 0,85 gektar maydonni belgilangan tartibda zaxiraga qabul qiliş va kulolçilik markazini taşkil etiş uçun belgilangan tartibda ajratib berilişini;
  • ilğor xorijiy tajribalar asosida markaz taşkil etilişi va uni zamonaviy talablar asosida loyihalaştiriş va quriş işlari boşlanişini ta'minlaydi.

Belgilab qöyilişiça, birinçi navbatda Rişton tumanidagi uy xöjaligida faoliyat yuritayotgan taşabbuskorlarga milliy kulolçilik mahsulotlari işlab çiqariş faoliyatini kengaytiriş uçun yer uçastkalari elektron onlayn-auksion orqali beriladi. 

Taşabbuskorlarga quyidagi şartlar asosida beriladi: milliy kulolçilik obektlarini taşkil etiş, şuningdek, milliy kulolçilik mahsulotlari işlab çiqariş, savdo dökonlari, işlab çiqariş ustaxonalarini taşkil etiş böyiça investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosga ega ekanligi; yuqoridagi faoliyatni yuritiş uçun zaruriy könikma, mol-mulk va boşqa vositalarga ega böliş hamda yangi iş örinlarini yaratiş.