Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi hududidagi fermada parranda grippi tarqalişi xavfi tufayli 400 boş tuyaquş otib taşlandi, deb yozdi The Washington Post. Bu haqda sud qarori qabul qilingan.
Ferma egalari Karen Espersen va Deyv Bilinski 2024 yil dekabr oyida bir neçta quş parranda grippi bilan kasallanib, nobud bölganidan beri tuyaquşlarining hayoti uçun kuraşmoqda. Şundan söng, Kanada oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qiliş agentligi qolganlarini yöq qiliş töğrisida buyruq çiqardi.
Tuyaquş egalarining sözlariga köra, öşanda 36 kun içida 69 boş tuyaquş nobud bölgan, bu jami parrandaning 15 foizini taşkil etgan. Ölgan ikkita quş parranda grippiga tekşirildi va natijalar ijobiy böldi.
Avvalroq AQŞ soğliqni saqlaş vaziri kenja Robert Kennedi Kanada hukumatiga murojaat qilib, fan va qişloq xöjaligini rivojlantiriş manfaatlari yölida quşlarni öldirmaslikka, balki örganişga çaqirgan edi.








