Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarga qonunchilik tashabbusini berish ko‘zda tutilgan qonun loyihasi e’lon qilindi
3 ta masala fuqarolar tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti bo‘lishi mumkin emas.
«Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
O‘zgartirishlar qatorida – quyidagi sub’yektlar tomonidan qonunchilik takliflarini ilgari surish va Qonunchilik palatasiga kiritish mumkinligi ko‘zda tutilgan:
100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar;
Senat;
Ombudsman;
Markaziy saylov komissiyasi.
Quyidagi masalalar fuqarolar tomonidan kiritiladigan qonunchilik taklifining predmeti bo‘lishi mumkin emas:
O‘zbekiston hududiy yaxlitligini o‘zgartirish;
amnistiya va afv etish;
mansabdor shaxslarni tayinlash va vazifasidan ozod etish.
Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutmoqda:
Qonunchilik palatasi va Senat mutlaq vakolatlarini hamda parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni;
qonunlarni qabul qilishning yangi tartibini amaldagi qonunchilikda belgilashni.
Saylov kodeksi va quyidagi qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda:
«Prokuratura to‘g‘risida»;
«Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»;
«Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida»;
«Oliy Majlis Senati to‘g‘risida»;
«Oliy Majlis Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»;
«Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»;
«Oliy Majlis Senatining Reglamenti to‘g‘risida»;
«Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida»;
«Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»;
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»;
«Parlament nazorati to‘g‘risida»;
«Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»;
«Hisob palatasi to‘g‘risida».
Mavzuga oid
09:11
Farzandlikka olish uchun huquqiy asoslar ro‘yxati e’lon qilindi
19:58 / 12.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etildi
10:45 / 15.10.2025
O‘zbekiston yashil tashabbuslarga yiliga 10 mlrd so‘mgacha mablag‘ sarflaydi
15:25 / 04.09.2025