Qonunçilikka köra, quyidagi toifaga mansub bolalar farzandlikka olinadi:

— ota-onasi vafot etgan bolalar;
— ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bolalar;
— ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;
— ota-onasi bolalarni tarbiyalaş yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilişdan böyin tovlagan bolalar;
— ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bolalar;
— ota-onasi tarbiyalaş, davolaş muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalaş muassasasidan va boşqa muassasalardan bolasini olişdan boş tortgan bolalar;
— ota-onasi bedarak yöqolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar.

Mutaxassislar fikriga köra, mazkur huquqiy asoslar bolalar manfaatlarini himoya qiliş, ularni oila muhiti bilan ta’minlaşga xizmat qiladi.