Prezident farmoniga muvofiq, sertifikatlangan va deklaratsiyalangan uskuna, komplektlovçi buyumlar, xomaşyo, ölçov vositalari, kimyoviy reaktivlar va yuk kötaruvçi uskunalarni import qilişda milliy sertifikatsiyalaşni talab qilmaydigan çet el mahsulotlarining yuqori sifat standartlari va nazorat tizimlariga muvofiqligi mezonlarini tasdiqlaş nazarda tutilgan.
Hujjat bilan tasdiqlangan Özbekiston hududidan taşqarida amalga oşirilgan muvofiqlikni baholaş natijalarini Özbekistonda e’tirof etiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritildi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:
- mahalliy va xorijiy muvofiqlikni baholaş organlari örtasida qöşma (ixtiyoriy) bitim tuziş yöli bilan muvofiqlikni tasdiqlovçi hujjatlarni tan oliş;
- Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qiliş kengaşi (ILAC) a’zosi bölgan çet el davlatlarining akkreditatsiyalaş taşkilotlari tomonidan akkreditatsiyalangan muvofiqlikni baholaş organlari tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan sinov usullari (metodikalari) asosida berilgan sinov bayonnomalarini bir tomonlama tan oliş;
- metrologik tekşiruv natijalarini tan oliş va sinov vositalarini metrologik attestatsiyalaş tartib-taomilini soddalaştiriş.
Şu munosabat bilan bir qator NHH öz kuçini yöqotdi.












