11:06 / 10.02.2023
31069

Afg‘oniston va Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi

Afg‘oniston va Qirg‘izistonda 4,2 hamda 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Foto: Getty Images

10 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:40 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

Zilzila koordinatalari: 36,38 gradus shimoliy kenglik; 71,28 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,2. Chuqurlik 243 km. Zilzila episentri Toshkentdan 572 km janubi-sharqda.

Shuningdek, 10 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:24 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 41 gradus shimoliy kenglik; 74,11 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,3. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 411 km janubi-sharqda.

Top