10:20 / 30.01.2019
31550

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili birinchi prezident tavallud topgan sana - 30 yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi, deyiladi xabarda.

Top