13:20 / 05.11.2019
4
30584

Vadim Abramov: «Televideniye xohlasa, Qirg‘iziston bilan o‘yinni translatsiya qilaversin»

Foto: Tribuna.uz

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini translatsiya qilinishiga qarshi emasligini aytdi.

«O‘yin translatsiya qilinmasa, stadionga odamlar kiradi va Saudiyaga qarshi repetitsiya ham to‘la stadionda o‘tadi deb o‘ylagandim. Futbol muxlislar uchun, biz hech kimga stadionni yopmoqchi emasmiz.

Menga qo‘ng‘iroq qilib Saudiyadan qo‘rqyapsizmi, deb so‘rashdi. Yo‘q, biz hech kimdan qo‘rqmaymiz. Agar televideniye bu o‘yinni translatsiya qilishni xohlasa, marhamat, ko‘rsataverishsin. Darvoqe, bizga translatsiya uchun pul berishmaydi», — deb Abramovning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna.uz muxbiri.

Bundan avvalroq Tribuna.uz manbasi O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtoqlik uchrashuvi translatsiya qilinmasligi haqida ma'lumot bergandi.

 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top