Özbekiston milliy jamoasi 9 noyabr kuni Toşkentda Qirğiziston milliy jamoasiga qarşi örtoqlik öyinini ötkazadi.

Bu bahs orqali futbolçilarimiz JÇ-2022 saralaşidan örin olgan Saudiya Arabistoni (14 noyabr) va Falastinga (19 noyabr) qarşi öyinlarga tayyorgarlik körişni maqsad qilgan.

Tribuna.uz manbasi ma'lumotiga köra, Qirğizistonga qarşi ötkaziladigan öyin TV orqali translatsiya qilinmaydi. 

«Bu boş murabbiy Vadim Abramovning istagi. U Saudiya Arabistoni vakillarining jamoamizni örganib olişini istamayapti. Örtoqlik öyinida uning öz öylanmalari bordir-ki, şunday qarorga kelgan. Marhamat, stadionga boringlar, muxlislar», - deb xabar berdi manba.

Qiziği şundaki, Özbekiston – Qirğiziston öyinini TV orqali namoyiş qilinmasligi töğrisida Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi saytida heç qanday xabar yöq. Ammo öyinning çiptalari sotuvga çiqqani haqida xabar bor. 4 noyabr holatiga çiptalarni onlayn tarzda 5 ming, 10 ming va 35 ming sömga sotib oliş mumkin.

Futbol öyinlarini «yopiq eşiklar» ortida ötkazilişi, TV orqali namoyiş etilmasligi, murabbiylarning öz taktikasi va rejasini raqibdan sir saqlaş uçun şunday qilişi yangilik emas. Ammo u holda muxlislarni öyinga kiritişdan ma'no nima? Nahotki biz işlatgan hiylani raqibimiz Saudiya Arabistoni ham işlata olmasligiga işonsak? Uyimizga öğri tuşmasin deb eşiklarni tambalayapmiz, ammo derazalarni oçiq qoldiryapmiz-ku?!

Şu örinda öz taktikasi va rejalarini raqibdan qanday yaşiriş borasida Yurgen Kloppdan «mahorat darsi»ni keltiramiz.

The Times jurnalisti Dunkan Kasls xabariga köra, «Liverpul» klubi «Tottenhem»ga qarşi Çempionlar Ligasi 2018/19 mavsumi finalidan oldin yopiq rejimda, öta maxfiy holatda «Benfika»ning yoşlar jamoasiga qarşi nazorat öyinida iştirok etgan. Bu bahsning qaysi sanada ötkazilgani va hatto hisob qanday bölgani ham ma'lum emas.

Yopiq rejimda öyin ötkazib, natijaga erişişga milliy jamoa sobiq boş murabbiyi Samvel Babayan ham urinib körgan edi. 2017 yil avgust oyida JÇ-2018 saralaşidan örin olgan Xitoyga qarşi muhim bahsdan oldin, Özbekiston milliy jamoasi Toşkentda Qirğizistonga qarşi örtoqlik öyinini ötkazib, 5:0 hisobida ğalaba qozongan. Unga muxlislar kiritilmagan, TV orqali ham namoyiş qilinmagan. Biroq, milliy jamoa Xitoyga qarşi öyinda 0:1 hisobida yutqazgan. 

Nurmuhammad Said