19:54 / 14.01.2019
10934

Ispaniyada xo‘roz jangi uyushtirgani uchun 200 ga yaqin kishi qo‘lga olindi

Foto: Flickr / Arnaud DG

Ispaniya politsiyasi xo‘roz jangi bo‘yicha milliy chempionat deb ataluvchi musobaqada qatnashgan 182 kishini qo‘lga oldi, ularning barchasiga jonivorlarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish ayblovi qo‘yildi. Bu haqda Ispaniya milliy politsiyasi xabar berdi.

Operatsiya "chempionat" bo‘lib o‘tayotgan Sangonera-La-Verde posyolkasida o‘tkazilgan.

Tintuv vaqtida 300 ming yevro naqd pul, noqonuniy garov o‘ynalganini tasdiqlovchi ko‘plab hujjatlar, parrandalarga beriladigan doping, turli o‘tkir tig‘li buyumlar, shuningdek, 97 bosh tirik va 6 bosh o‘lik holdagi xo‘rozlar topilgan. Bundan tashqari, fermada marixuana plantatsiyasi borligi ham aniqlangan.

Mavzuga oid
Top