17:15 / 30.08.2020
28861

1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘izistonga kirishiga ruxsat beriladi

Foto: akchabar.kg

1 sentyabrdan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Qirzig‘istonga cheklovlarsiz bora olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda 24.kg Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yich  shtabiga tayanib xabar tarqatdi.

Ma'lum bo‘lishicha, qirg‘iz rasmiylari O‘zbekistonni COVID-19 bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror davlatlar ro‘yxatiga kiritgan. Bu ro‘yxatdagi davlatlar fuqarolari Qirg‘izistonga kirib-chiqishi mumkin.

Hozirda Qirg‘izistonga quyidagi davlatlar fuqarolari kirishi mumkin: Rossiya, Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Belgiya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Turkiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Qatar, BAA, XXR, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Sloveniya, Kuvayt, Yaponiya.

Top