O‘zbek tadbirkorlari Tojikistonga eksport qilayotgan qurilish materiallaridan qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilayotganidan shikoyat qildi. Buni eshitgan bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev tegishli mas’ullarga Tojikiston tomoni bilan bu masalani muhokama qilish topshirig‘ini berib, natija bo‘lmasa O‘zbekiston javob choralari ko‘rishi mumkinligini istisno etmadi.
Bu haqda 17 yanvar kuni tadbirkorlarning hukumat a’zolari va elchilar bilan uchrashuvida so‘z bordi.
Uchrashuvda Knauf kompaniyasining savdo direktori Tojikiston, Turkmaniston va Kavkaz mamlakatlari bozorlariga mahsulot eksport qilishda muammolar borligini aytdi.
“Mahsulotlarimizni Tojikiston bozoriga eksport qilamiz. Hamma hujjatlarni to‘liq taqdim qilishimizga qaramay, mahsulotimizni zaxira usulida “rastamojka” qilishadi. Bu – mahsulotimizning narxi bu bozorda 15 foizga qimmat bo‘lishiga olib kelyapti.
Turkmaniston bozoriga ham katta miqdorda eksportni amalga oshiramiz. Yangi innovatsion mahsulotlarimizni u yerga olib chiqish, taqdimotlarini o‘tkazish uchun xodimlarimizga viza olishda hamisha qiynalib kelganmiz. Bu masalaga ham yechim bo‘lsa, yaxshi bo‘lar edi.
Uchinchi dolzarb muammo – Kavkaz bozoriga chiqish uchun logistika koridorlarida narx juda qimmatligi. Biz qimmat transport sababli bu bozorga chiqa olmaymiz”, dedi Knauf vakili.
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Tojikistondagi holat o‘zgarmasa, O‘zbekiston tomoni ham javob choralarini ko‘rishi mumkinligini istisno etmadi.
“Agar ular shunday qilayotgan bo‘lsa, biz ham chora ko‘rishimiz mumkin. Ular 15 foiz qo‘shishdimi?» – so‘radi u.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi v.b. Ilyos Rahimov vaziyatga aniqlik kiritdi.
“








