10:06 / 13.12.2017
13258

XMT: O‘zbekiston paxta dalalarida bolalar mehnatiga barham berildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda bolalar mehnatiga barham berildi va majburiy mehnatning istalgan shakliga yakun yasash mo‘ljallanmoqda. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ekspertlari shunday xulosaga kelishdi, deb xabar bermoqda BMT yangiliklar Markazi.

XMT ma'lumotlariga ko‘ra, jamiyatda mehnatga majburlashni, ayniqsa, gap bolalar haqida ketayotgan bo‘lsa, qabul qilmaslik bo‘yicha tushuncha o‘sib bormoqda. XMTdan ta'kidlashlaricha, joriy yilda hosilni terib olish shaffoflik va muloqot, jumladan, fuqarolik jamiyati sharoitida o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari butun mamlakat bo‘ylab yurib, 3 ming nafar terimchi, mahalliy hokimiyatlar vakillari, pedagoglar va tibbiyot xodimlari bilan yakkama-yakka suhbatlashishdi. Bundan tashqari, ular yana ming nafar insonga qo‘ng‘iroq ham qilishgan.

Aniqlanishicha, hukumat bolalarni paxta terimiga tizimli ravishda majburlash amaliyotini yo‘qotgan va bu ishga odamlarni faqat ko‘ngilli asosda jalb etish haqida ko‘rsatma bergan. Ular maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarini paxta terimiga majburlashni taqiqlashdi. Hosilni ko‘ngilli ravishda terib olmoqchi bo‘lganlar esa, joriy yilda oshirilgan maoshni olishdi – XMT va Jahon banki tavsiyalariga muvofiq.

Yig‘im-terim mavsumi boshlanishidan avval Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari 6300 ish beruvchi uchun maxsus o‘qitish tadbirlarini o‘tkazishdi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, odamlar, umuman olganda, majburiy mehnat naqadar qabul qilib bo‘linmaydigan narsa ekanini tushunishmoqda, biroq bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini davom ettirish kerak, deya hisoblashgan XMTdagilar. Masalan, ba'zi tumanlarda ish beruvchilar bepul ishchilarni yo‘qotganliklari uchun tovon puli talab qilishmoqda, bu, XMT vakillarining fikricha, noma'quldir.

«O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyida Nyu-Yorkda o‘tgan Bosh Assambleyadagi nutqi ro‘y beradigan o‘zgarishlardan, shuningdek, paxta terimida ko‘ngilli asosda ishtirok etish siyosatini amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlardan dalolat berdi, ular milliy darajada qabul qilindi», - deyiladi XMTning matbuot relizida. Noyabr oyida Argentinada bo‘lib o‘tgan bolalar mehnatini yo‘q qilish bo‘yicha Global konferensiyada hukumat bu sohada fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik qilish majburiyatini oldi. O‘shandan beri faollar bilan bir necha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top