13:07 / 29.10.2018
35131

Samarqandda yomg‘ir suv toshishiga sabab bo‘ldi

2018 yil 28 oktabr kuni Samarqand viloyatida kuzatilgan yomg‘ir natijasida Samarqand shahri “Fidoyilar” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Obi-mash'at kollektorida suv toshib ketgan. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, bu aholi xonadonlariga xavf tug‘dirgan. Abdurahmon Jomiy ko‘chasida texnika va fuqarolar qatnovini cheklab qo‘ygan.

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu holat suv quvuriga aholi tomonidan tashlangan chiqindilar to‘planib qolishi natijasida yuzaga kelgan.

Voqea joyiga yetib borgan qutqaruv guruhi vaziyatni bartaraf etgan. 

Viloyat FVB xodimi A.Ochilovning ta'kidlashicha, bu holatga fuqarolarning o‘zi ham aybdor. Sababi, ular suv havzalariga turli xil chiqindilarni tashlash oqibatida shunday holatlar sodir bo‘lmoqda.

Top