21:48 / 12.07.2019
4684

Nepalda toshqin va ko‘chkilar sababli 17 kishi halok bo‘ldi

Nepalda 11-12 iyul kunlari yog‘gan kuchli yomg‘irlar sababli yuz bergan toshqin va ko‘chkilar oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Setopati nashri ma'lum qildi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat Nepalning 20 ta hududini qamrab olgan. Ayni vaqtda 7 kishi jabrlangani va yana 7 kishi bedarak yo‘qolgani ma'lum.

Ta'kidlanishicha, Nepalda yomg‘irlar 14 iyulgacha davom etadi va hukumat daryolar yaqinida yashovchi odamlarni xavfsiz hududlarga ko‘chib o‘tishga chaqirgan.

Mavzuga oid
Top