Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘ron tufayli Everestning sharqiy yonbag‘rida mingga yaqin odam qolib ketdi
Tibet rasmiylarining ma’lum qilishicha, sayyohlarning bir qismi allaqachon xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan, biroq yo‘llar qor bilan qoplangani sababli bir necha guruhlar bilan aloqa uzilib qolgan.
Foto: REUTERS
Everestning sharqiy, Tibet yonbag‘rida kuchli qor bo‘roni oqibatida mingga yaqin odam - alpinistlar, gidlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar to‘planib qoldi.
Xitoy va xalqaro ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 3 oktyabr kuni kechqurun mintaqaga noqulay ob-havo kirib keldi va deyarli bir sutka davom etdi, bu esa 4900 metrdan balanddagi baza lagerlariga kirish yo‘llarini butunlay to‘sib qo‘ydi. Kuchli shamol va qorbo‘ron harakatlanishni imkonsiz qildi.
Tibet rasmiylarining ma’lum qilishicha, sayyohlarning bir qismi allaqachon xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan, biroq yo‘llar qor bilan qoplangani sababli bir necha guruhlar bilan aloqa uzilib qolgan. Tog‘lardagi harorat -15°C darajadan pastga tushdi, bu esa qutqaruvchilar ishini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda. Tog‘ga chiqish uchun ruxsatnomalar savdosi vaqtincha to‘xtatildi va ob-havo barqarorlashgunga qadar hudud sayyohlar uchun rasman yopildi.
Parallel ravishda qo‘shni Nepalda kuchli yomg‘irlar sel va suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 47 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘lgan, o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan.
Everestdagi qutqaruv operatsiyalariga armiya qismlari, dronlar va qor tozalovchi texnikalar jalb qilingan. Xitoy ob-havo ma’muriyatining ogohlantirishicha, yaqin kunlarda yana qor yog‘ishi mumkin, bu esa oziq-ovqat yetkazib berish va qolgan odamlarni evakuatsiya qilishni qiyinlashtiradi.
Mavzuga oid
16:26 / 04.11.2025
Nepalda qor ko‘chkisi oqibatida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi
12:12 / 06.10.2025
Nepal va Hindistonda kuchli yog‘ingarchilik o‘nlab kishilar hayotiga zomin bo‘ldi
07:47 / 01.10.2025
Infografika: Quyosh tizimi cho‘qqilari oldidagi mitti Everest
23:27 / 29.09.2025