16:50 / 16.07.2019
41890
Reklama

«Crafers» qandolat fabrikasiga sayohat

Shirinliklarni ko‘pchiligimiz sevib iste'mol qilamiz. Siz-u bizning dasturxonimizni bezab turuvchi shirinliklar bizga tayyor holda yetib kelguncha qanday bosqichlardan o‘tadi? Bu jarayonni kuzatish maqsadida «Crafers» qandolat fabrikasiga press tur tashkil etildi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)
 

«Crafers» qandolat fabrikasi 2017 yil qurib bitkazilgan bo‘lib, 20 gektar yer maydonini egallagan. Bu esa taxminan 14 ta futbol maydoni degani. Korxonaning umumiy qiymati 80 mln AQSh dollarini tashkil qiladi. Qandolat fabrikasining ishlab chiqarish hududi esa 35.000 m² tashkil etadi.

Fabrika 3 turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, bular: un mahsulotlari asosida, shokolad mahsulotlari asosida hamda shakardan tayyorlanadigan qandolat mahsulotlaridir. Fabrikada 12 ta ishlab chiqarish liniyalari mavjud.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, «Crafers» qandolat fabrikasida jahonga mashhur Avstriyaning HAAS, Germaniyaning TanisFoodTec, Winkler, Hebenstreit, Sollich, Chocotech, Hansel, Daniyaning Aasted, Italiyaning Polin, Shveytsariyaning Buhler korxonalarining qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari o‘rnatilgan bo‘lib, 12 ta ishlab chiqarish liniyalari mavjud. Fabrikada 256 xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 46.000 tonnani tashkil etadi.

Qisqa muddat ichida fabrika 245 tonna qandolat mahsulotlarini Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlariga eksport qildi. Bugungi kunda Boltiqbo‘yi davlatlari, Ozarbayjon, Gruziya va Armaniston davlatlaridan buyurtmalar olingan va eksport qilish uchun mahsulotlar tayyorlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib ISO 22000:2005 «Oziq-ovqat xavfsizligi menedjmenti tizimi» xalqaro sertifikatini olgan hamda qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi barcha sertifikatlarga ega.

Bugungi kunga kelib korxona 850 nafardan ortiq fuqarolarni ish bilan ta'minlagan. Hozirda qandolat fabrikasi 30 foizlik quvvat bilan ishlamoqda. Yil oxirigacha esa bu ko‘rsatgichni 80 foizgacha ko‘tarish rejalashtirilgan. Fabrika qisqa muddatlik faoliyati davomida 6.218.338.500 so‘m miqdorda soliqlar to‘lagan.

Bugungi kunda fabrikada eng kam oylik ish haqqi 1.200.000 so‘mni tashkil qiladi.

Fabrikada asosiy ishni texnologiya bajaradi. Zamonaviy texnologiya esa ishlab chiqarishning sifati va tezligiga sababchidir. «Crafers» qandolat fabrikasi direktori Azizxon Amilovning aytishicha, ushbu fabrikaning boshqa qandolat fabrikalaridan ustun va farqli jihati ham aynan sifatli homashyodan zamonaviy texnologiyalar yordamida mahsulot ishlab chiqarishidadir.

Sayt: www.crafers.uz

Facebook: fb.com/CrafersUz

Instagram: @crafersuz

Reklama huquqi asosida

Top