
Işçi taşrif bilan Özbekistonda bölib turgan Qirğiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov boşçiligidagi delegatsiya Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov bilan birga Toşkentdagi Crafers qandolat fabrikasiga taşrif buyurdi.
Ularni N’Medov holdingi asosçisi, Crafers kompaniyasi ta’sisçisi Nurulla Rözmuhammedov va N’Medov kompaniyalar guruhi vitse-prezidenti Muslima Nurullayevna Sunnatullayeva kutib oldi.

Delegatsiya a’zolari korxonada yuqori sifatli qandolat mahsulotlari işlab çiqarişda foydalanilayotgan zamonaviy uskunalar, qandolat mahsulotlari işlab çiqarişda qöllanayotgan texnologiyalar bilan tanişdi. Delegatsiya vakillari mahsulotlarning keng assortimenti, şuningdek, xalqaro sifat standartlariga, jumladan, “Halol” sertifikatiga mosligini ta’kidladilar.
Eslatib ötamiz, Crafers mahsulotlari qirğizistonlik iste’molçilarga allaqaçon yaxşi taniş: 2022 yil oxirida Qirğiziston Respublikasi Crafers mahsulotlarini import qiluvçi davlatlar orasida yetakçiga aylandi.
Crafers qandolat fabrikasi – Markaziy Osiyodagi eng zamonaviy va texnologik jihatdan ilğor işlab çiqariş korxonalaridan biridir. Korxonada 160 turdan ortiq sifatli va halol qandolat mahsulotlari işlab çiqariladi.

2021 yildan boşlab Crafers N’Medov holdingi tarkibiga kirdi va kompaniya yangi sur’atlarda rivojlana boşladi. Bu yil kompaniya özining 5 yilligini nişonlamoqda. Bunday qisqa vaqt içida Crafers mahsulotlari nafaqat Özbekistonda, balki Osiyo, Yevropa va hatto Afrikada ham sevib iste’mol qilinmoqda.
Batafsil ma’lumotni kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va telefon orqali oliş mumkin: (+99871) 207-72-07.
Sayt: crafers.uz















