Özbekistonning Crafers korxonasi AQŞ qandolat bozoriga kirib bormoqda.
Ma'lum qilinişiça, kompaniya özining logistika hamkori sifatida Nyu-Yorkning A-Com Global Logistics of NY kompaniyasini (AQŞ va Özbekiston örtasida ikki tomonlama savdo-sotiq jarayonida iştirok etadigan logistika va ekspeditorlik xizmatlarining yetakçi provayderi) va Şimoliy Amerikaning eksklyuziv eksportçisi sifatida Eats and Treats International kompaniyasini tanlagan.
Töliq yönaliş AQŞga 2020 yil sentabr oyining ikkinçi yarmida yetib borişi rejalaştirilgan.

Crafers'ni AQŞ bozoriga kirişda bank xizmatlari, loyiha va savdoni moliyalaştiriş bilan şuğullanadigan Broad Street Capital Group firmasi yordam beradi. U Crafers kompaniyasining bozorga kiriş strategiyasini işlab çiqadi va amalga oşiradi hamda AQŞda özining taşkiliy va tarqatiş infratuzilmasini yaratişda yordam beradi.
Nyu-Yorkning Lipman Law PLLC yuridik firmasi va Toşkentda joylaşgan Kosta Legal yuridik kompaniyasi strategik huquqiy maslahatlar va xizmatlarni taqdim etadi.
Ta'kidlanişiça, Crafers menejyerlari yetakçi logistika va yuridik firmalar bilan hamkorlik qiliş Amerika bozoriga kiriş uçun malakali strategiya va taktikani şakllantirişda yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Kompaniya öz mahsulotlarini AQŞning barça – 50ta ştatida sotişni rejalaştirmoqda. Sotiş dastlab çakana bozorlarga yönaltiriladi.
Şuningdek, kompaniya WorldQuest (yoşlar uçun ta'lim dasturi) öquv dasturini qöllab-quvvatlaş uçun Amerikaning taşqi işlar böyiça Kengaşi bilan aloqalar örnatgan.
Şu munosabat bilan, Crafers 2021 yilning birinçi çoragida özining onlayn/oflayn ta'lim dasturini joriy etişni rejalaştirmoqda. U katta va yoş avlodlar örtasidagi munosabatlarni çuqurlaştiriş va mustahkamlaş hamda rasmiy ta'lim muhitidan taşqarida ta'lim qobiliyatlarini rivojlantiriş uçun möljallangan.

















