07:38 / 20.09.2019
0
30072

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hisob palatasiga ishga o‘tkazildi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Prezident farmoniga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir To‘xtamishovich Turobov Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turobov 1972 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1994 yili Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000 yili Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

U 2011 yildan 2015 yilgacha Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Bosh boshqarma boshlig‘i sifatida mehnat qilgan. 2015 yildan 2017 yilgacha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2017 yildan 2018 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘'ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.

2018 yil dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Bundan oldin, Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top