Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarori bilan Olimxon Bakiyeviç Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Olimxon Rustamov 1966 yilda tuğilgan, 1989 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2005-2014 yillarda Hisob palatasida boş inspektor, 2014-2016 yillarda — Navoiy kon-metallurgiya kombinati boş direktori örinbosari lavozimlarida işlagan. 2016−2017 yillarda «Özbekneftgaz» raisining iqtisodiyot va moliya böyiça örinbosari bölgan.
U joriy tayinlovga qadar Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
Eslatib ötamiz, Iqtisodiyot va sanoat vazirining sobiq birinçi örinbosari Ravşan Ğulomov joriy yil iyulida Özbekiston respublikasi prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantiriş, investitsiya va taşqi savdo siyosatini amalga oşiriş masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlangandi.

















