Adiz Muzaffaroviç Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga, Mehriddin Razzoqoviç Abdullayev esa palata raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident raisligida bölib ötayotgan uy-joy, quriliş, kommunal xöjaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oşirilgan işlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yiğilişda ma’lum qilindi.

Adiz Boboyev

Adiz Boboyev (1972 yilda tuğilgan) Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (1993). Buxoro viloyati moliya boşqarmasida 1-toifali iqtisodçi, monopoliyaga qarşi va narx siyosati bölimi yetakçi iqtisodçisi bölib, şuningdek, boşqa lavozimlarda işlagan (1993−2007). Şuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi Ijroiya boşqarmasi daromadlarni prognozlaş boşqarmasi boşliği (2008−2010), Davlat budjeti boş boşqarmasining jamlanma budjet daromadlarini rejalaştiriş va tahlil qiliş boşqarmasi boşliği örinbosari (2010−2012) va Moliya vazirligi tuzilmasidagi boşqa lavozimlarda işlagan.

Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Mehriddin Abdullayev (1969 yilda tuğilgan) — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (1993) va Toşkent davlat yuridik instituti (2005) bitiruvçisi.

Mehriddin Abdullayev

U turli yillarda Buxoro viloyati hokimining birinçi örinbosari, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi ijroçi direktori sifatida faoliyat körsatgan.

Avval ham hisob palatasida işlagan, 2017-2020 yillarda palata raisi örinbosari va birinçi örinbosari bölgan.

2020 yil yanvaridan boşlab uç yil davomida «Özbekneftgaz» AJga rahbarlik qilgan, 2022 yil dekabrida esa energetika inqirozi sabab boşqa mas’ullar qatorida hayfsan olgan,