Andijon davlat universitetida 39,3 mlrd söm naqd pul mablağlari talon-toroj qilingan. Bu haqda Hisob palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • kontrakt mablağlari hisobidan stipendiyasiz şaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd söm ortiqça stipendiya hisoblanib, tölov qaydnomalari soxtalaştirilgan;
  • talabalar tomonidan tölangan 9,3 mlrd söm tölov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
  • talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd söm rağbatlantiriş mablağlari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalaştirilgan;
  • budjet mablağlari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uçun ikki martadan 1,1 mlrd söm ortiqça hisoblangan stipendiya özlaştirilgan;
  • talabalar yotoqxona ijarasidan tuşgan 911,8 mln sömlik naqd pullar universitet hisobraqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy özlaştirilgan.

Bundan taşqari, davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik talablariga zid ravişda universitetga xizmat uyi xarid qiliş uçun jismoniy şaxs bilan 2,5 mlrd sömlik töğridan töğri şartnoma tuzilib, şundan 300 mln sömi notöğri ötkazilgan.

Aniqlangan noqonuniy özlaştirilgan mablağlardan 5,1 mlrd sömi undirilişi ta’minlangan. Tekşiriş yakuni bilan rasmiylaştirilgan hujjatlar töplami huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Avvalroq, 2023 yilning birinçi yarmini Andijon davlat universiteti 7 mlrd 399 mln söm zarar bilan yakunlagani xabar qilingandi.