20:27 / 30.10.2019
0
3842

Chilida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti bekor qilindi 

Chilida o‘tishi kerak bo‘lgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti va BMTning iqlim bo‘yicha COP25 anjumani bekor qilindi. Bu haqda ushbu qarorni qabul qilgan Chili prezidenti Sebastyan Pineraga iqtibos keltirgan holda 24 Horas telekanali xabar berdi.  

“Bu qiyin qaror, biz OTIH va SOR o‘tkazilishi muhimligini tushunamiz. Menga buni qilish og‘ir, biroq OTIH sammiti va BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha anjumanini o‘tkazmaslikka qaror qildim”, deb aytgan Pinera.

Chili hukumatining ushbu qarori oxirgi haftalar butun Chili bo‘ylab o‘tayotgan va ko‘p holda ommaviy tartibsizliklar va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanayotgan norozilik aksiyalari bilan bog‘langan. 1,2 mlndan ko‘proq odam ishtirok etayotgan namoyishlarga metroda yo‘lkira haqi oshirilishi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, aholi past maoshlar va bepul ta'lim olish imkoniyati yo‘qligiga qarshi chiqishmoqda.    

Mamlakatning yirik shaharlariga zirhli texnika va harbiylar tortilgan, komendantlik soati va favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan.

OTIH sammiti Santyagoda 16-17 noyabrda, iqlim bo‘yicha anjuman esa 2-13 dekabrda o‘tishi rejalashtirilgandi.

OTIH davlatlari yetakchilarining ilk uchrashuvi 1993 yilda Sietlda bo‘lib o‘tgan va o‘shandan beri har yil o‘tkazib kelinadi. 2004 yilda Santyago sammitni qabul qilgan va u aksilglobalchilarning norozilik namoyishlari bilan kechgan. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top