10:40 / 18.05.2021
2548

O‘zaro janjal pichoqbozlik bilan yakuniga yetdi

Namangan shahrida 2001 yilda tug‘ilgan shaxs 1999 yilda tug‘ilgan fuqaroni oshpichoq bilan pichoqlab qo‘ygan.

2021 yil 12 may kuni soat 19:00 larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro  Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib qoladi va  qo‘lida bo‘lgan oshpichoq bilan jabrlanuvchining chap orqa kurak va chap qo‘l bilak sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro chap ko‘krak qafasi va chap bilak sohasida kesilgan jarohat tashxisi bilan RShTYoIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top