09:45 / 09.07.2021
54520

Foto: Namanganda 6 dona aviatsiya bombasi topildi

Namangan viloyati Davlatobod tumanidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan bomba topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Namangan viloyati Davlatobod tumani «Yuksalish» MFY Kushon sanoat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarim yemirilgan aviatsion bombalar topilgan.

Topilgan bombalarni zararsizlantirish maqsadida Pop tumani G‘urumsaroy 07648-harbiy qism maxsus o‘q otish poligoniga olib borilib, yo‘q qilingan.

Ushbu hududda olib borilgan qidiruv ishlari davomida boshqa snaryadlar topilmagan. Ularning qaysi yillarga mansub ekani va mazkur hududga qolib ketgani sabablari ham hozircha noma'lum.

Hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, hozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top