Berlinning markaziy Mitte tumanida 18 sentabr oqshomida topilgan Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba portlovchi xavfga ega bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi poytaxt politsiyasi.
Huquq-tartibot idoralariga ko‘ra, topilma tufayli bir kechada evakuatsiya qilingan yaqin atrofdagi binolarning bir necha ming aholisiga o‘z uyiga qaytishga ruxsat berilgan. Bomba Shpreye daryosining tubida portlovchi o‘q-dorilarni yo‘q qilish bo‘yicha muntazam ishlar davomida topilgan. Berlin politsiyasining X ijtimoiy tarmog‘idagi postiga ko‘ra, u bir necha metr chuqurlikda, loy qatlami bilan qoplangan edi.
18 sentabr kuni Germaniya poytaxtining boshqa tumani - Shpandaudagi qurilish maydonchasida Ikkinchi jahon urushi davridagi yana bir bomba topildi. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, bu bomba 100 kg og‘irlikda edi.











