18:23 / 27.08.2021
10098

Marhum Botir Zokirov orden bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti marhum Botir Zokirovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida alohida farmon imzoladi.

“O‘zining buyuk iste'dodi, noyob va betakror ijodi bilan o‘zbek estrada san'atiga asos solib, milliy madaniyatimizni rivojlantirish, uning shon-shuhratini dunyo xalqlari o‘rtasida keng targ‘ib etishga qo‘shgan beqiyos hissasi, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi unutilmas xizmatlarini inobatga olib hamda tavalludining 85 yilligi munosabati bilan xalqimizning ardoqli farzandi, buyuk san'atkor, O‘zbekiston xalq artisti, marhum Botir Karimovich Zokirov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin”, – deyiladi farmonda.

Ma'lumot uchun, san'at arbobi Botir Zokirov 2000 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.

O‘tgan yili dekabrda Botir Zokirov tavalludining 85 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilingan. Hujjatda, san'at arbobiga atab Toshkentda milliy estrada oliy maktabi, yodgorlik majmui va muzey ochilishi, poytaxtda uning haykali o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Top