19:40 / 06.09.2021
2702

Jizzaxda «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketdi

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida «Kamaz» yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 6 sentyabr kuni soat 16:16 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 101 qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 1027-kilometrida harakatlanib ketayotgan «Kamaz» yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida ma'lumot kelib tushgan.

Shundan so‘ng darhol hodisa joyiga G‘allaorol tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi yuborilgan. Qutqaruvchilar tomonidan yong‘in soat 17:10 da bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida Buxoro viloyatida yashovchi, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.G‘. boshqaruvidagi «Kamaz» yuk mashinasi salon va kuzov qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Dastlabki surishtiruvlarga aniqlanishicha, yong‘in «Kamaz»ga o‘rnatilgan gaz uskunasidagi nosozlik natijasida yuzaga kelgan. Hozirda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Top