12:54 / 30.09.2021
17362

«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi 

Bankomatlar orqali valuta ayirboshlash to‘xtatilishi soxta 50 va 100 dollarlik valuta muomalasi bilan bog‘liqligi ma'lum qilindi.

Uzcard tijorat banklariga yuborgan xabarnomaga ko‘ra, 50 va 100 dollarlik soxta AQSh dollari muomalasining ko‘payishi munosabati bilan Uzcard bankomatlarida valuta ayirboshlash operatsiyalarini (qabul qilish)ni to‘xtatgan. 

Kun.uz manbasining ma'lumotiga ko‘ra, 20 ming dollardan ko‘proq soxta valuta ayirboshlangan bo‘lishi mumkin. 

Uzcard valuta ayirboshlash xizmati qachon tiklanishiga aniqlik kiritmagan. 

Eslatib o‘tamiz, Uzcard kartalaridan AQSh dollarida naqd pul mablag‘larini berish hamda kartalarni naqd chet el valutasi bilan to‘ldirish imkonini beradigan yangi xizmat 2020 yil iyun oyidan boshlab joriy qilingandi.

Mavzuga oid
Top