10:53 / 03.12.2021
3929

Nijniy Novgoroddan Urganchga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yildi

Urganchga reyslar Strigino aeroportidan amalga oshiriladi. Bu Nijniy Novgorod uchun yangi yo‘nalish, deya xabar berdi aeroport matbuot xizmati.

Foto: RIA Novosti / Vitaliy Ankov

S7 aviakompaniyasi samolyotlari chorshanba kunlari parvoz qiladi. Nijniy Novgoroddan jo‘nab ketish soat 21:10 ga, Urganchga yetib kelish soat 02:25 ga (mahalliy vaqt bilan) rejalashtirilgan. Striginoga qaytish reysi soat 04:15 ga (mahalliy vaqt), yetib kelish soat 5:35 ga rejalashtirilgan. Parvozlar Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi. 

Navbatdagi reys uchun chipta narxi 11,6 ming rubldan boshlanadi (taxminan 1,7 mln so‘m), deyiladi aviatashuvchi saytidagi ma'lumotda.

Top