Xitoyning “Sinxua” agentligi ma’lumotlariga köra, uşbu yönalişning oçilişi ikki mamlakat örtasidagi gumanitar almaşinuv, turizm va savdo-iqtisodiy hamkorlikni faollaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Yangi reys Xitoy va Özbekiston örtasida qöşimça “havo köprigini” şakllantirib, özaro qatnovlar uçun qulayliklarni oşiradi.

Ma’lum qilinişiça, Şinjon-Uyğur avtonom rayonining Qoşğar okrugi ma’muriy markazidan amalga oşiriladigan ilk parvoz uçun 180 örinli Airbus A320 samolyoti jalb etiladi. Qatnovlarni haftasiga bir marotaba (boriş va qaytiş) amalga oşiriş rejalaştirilgan. Töğridan töğri reysning yölga qöyilişi avval boşqa şaharlar orqali amalga oşirilgan safarlarning vaqti va taşkiliy xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirişi aytilmoqda.

Qayd etilişiça, Özbekiston Qoşğar okrugining muhim savdo şeriklaridan biri hisoblanadi. Sönggi yillarda Xitoy va Özbekiston örtasidagi özaro boğliqlik va hamkorlik kölami muntazam ravişda kengayib bormoqda. Ayniqsa, 2025 yil 1 iyundan Xitoy hukumati hamda Özbekiston hukumati örtasida viza talablarini özaro bekor qiliş töğrisidagi kelişuv rasman kuçga kirgani munosabatlar rivojiga qöşimça turtki bergan. Unga köra, ikki davlat fuqarolari amaldagi xorijga çiqiş pasportlari bilan bir marta kirganda 30 kungaça vizasiz bölişlari mumkin.

Şu kabi qulay şaroitlar fonida Qoşğar–Toşkent töğridan töğri aviamarşrutining oçilişi turistik va işbilarmonlik safarlariga bölgan talabni yanada oşirişi, turli sohalardagi amaliy hamkorlikni çuqurlaştirişi kutilmoqda.

Statistik ma’lumotlarga köra, Xitoydan Özbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimi sönggi yillarda sezilarli ösgan. Xususan, 2024 yilda mamlakatga Xitoydan 74,3 ming nafardan ortiq sayyoh taşrif buyurgan bölib, bu 2023 yilga nisbatan taxminan 75 foizga köp ekani qayd etilgan.

Uşbu ijobiy dinamika 2025 yilda ham davom etgan: yanvar–oktyabr oylarida Özbekiston Xitoydan qariyb 217 ming nafar sayyohni qabul qilgan. Manbalarda yil yakuniga kelib bu körsatkiç 250 ming nafardan oşişi kutilmoqda, bu esa bir yil oldingisiga nisbatan qariyb 3 barobar köp degani.

Ekspertlar fikriça, safarlar köpayişiga vizasiz rejim bilan birga, Xitoy turistik bozorida Özbekiston salohiyatining faol tarğib qilinişi, şuningdek, ikki mamlakat hududlari örtasida töğridan töğri aviareyslar tarmoğining kengayib borayotgani ham ta’sir körsatmoqda.